Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi 2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
A - Quddusga ikkinchi safar (Yuhanno 5:1-47) -- Mavzu: Iso va Yahudiylarning orasidagi dushmanlikningkelib chiqishi
5. Ishonmaslik uchun sabab (Yuhanno 5:41-47)YUHANNO 5:41-44 Iso O'zining dushmanlarining qurollarini sindirib tashladi va U ularning yuraklarining holatini va kelajak taqdirlarini ko'rsatib qo'ydi. Iso ularning yomon maqsadlarini va nopok hislatlarining unsurini ham ta'kidlab o'tdi. Isoda odamlarning olqishlari yoki yomonliklari uchun muhtojlik yo'q edi, chunki Uning topshirig'i tufayli Unga ishonishgan. Bu e'tiqod Uning xizmatining natijalarini ko'rgazmalariga bo'g'liq bo'lmagan. Agar U ulug'langanda U Otasiga ulug'likni bergan bo'lar edi. U Shohlikni talafuz etishni o'rgatib, O'ziga qaraganda Otasiga birinchi bo'lib shunday ibodat qilishni o'rgatdi, Osmondagi Otamiz, Sening noming ulug'lansin, osmonda bo'lgani kabi yerda ham Sening shohliging kelsin. Iso O'ziga ulug'likni va sharafni qidirishning hamma maqsadlaridan voz kechdi. Otasining shon-shuhrati Uning shiori edi. Xudoning haqiqatiga bo'lgan g'ayrat Uni o'z ichiga oldi. Xudoning sevgisi yaratishda, qutqarishda va tugallikda hamir uchidan patirdir. U Muqaddas Uch Birlikdagi mohiyatning mag'zidir. Qonunning bajarilishi va kamolotning rishtasi bu sevgini ta'riflaydi. Bunga erishgan inson o'zi uchun yashamaydi na o'zini ulug'laydi, biroq boshqalarni hurmat qilib, o'zidan kechib boshqalarga xizmat qiladi. U kambag'allarga o'zidagi borini beradi. Sevgi hech qachon mag'lubiyatga uchramaydi. Hech kim o'zining kuchi bilan Xudoni sevmaydi, lekin gunoh tufayli kirga bo'yalgan kishi Masihda Xudoning sevgisiga ishonib va tavba qilib tan oladi, Xudoning sevgisi Pavel qilgandek bizlarga Muqaddas Ruh berilib, yuraklarimizga yog'iladi. Bu sevgi qurbonlikda, kamtarlikda va sabirlilikda namoyon bo'ladi. Kimki Xudoning Ruhiga yuragini ochsa, u inson Muqaddas Uch Birlikni va hamma insonlarni sevadi. Lekin o'zini mag'rur tutgan kishi va o'zini yaxshi deb o'ylagan kishi haqiyqatdan tavba qilgan kishi emas, balki Xudoning Ruhining yovidir. U pastkashdir. U yangi ijod bo'lishni xohlamaydi, va unga Najotkor kerakligiga aqli yetmaydi, lekin yuragini tosh qilib oladi. Masih notanish xudoning nomidan kelmadi, biroq Xudoning sevgisini va mehr -muruvvatini oshkor etib Otaning nomidan keldi. Masihni inkor etgan hamma insonlar onglari Xudoning sevgisiga bekilganini isbot etadilar. Ular nurga qaraganda zulmatni ko'proq sevadilar, va nurdan tug'ilganlardan nafratlanadilar. Masih Xudoning sevgisiga qarshi isyonkorlikda hamma o'zini o'ylovchilarni yetaglaydigan Masihning ko'rinishiga qarshi bo'ladigan kishini dushmanlariga ma'lum qildi. U mo'jizalar ko'rsatadi va Masihga o'xshash bo'ladi. Ko'pchilik haqiyqiy tavbaga qaraganda o'zaro kelishuvni afzal ko'rib ishona olmaydi. Ular o'zlarini yaxshi, kuchli va aqilli deb hisoblashadi. Ular Muqaddas Xudoning oldida qaltirashmaydi va faqat U yaxshi ekanligini sezishmaydi. O'zini o'ylaydigan solihlik ishonmaslikning sababidir, va mag'rurlik nato'g'ri munosabatning belgisidir. Xudoni va o'zining qalbini bilgan odam hamma ulug'liklardan voz kechib gunohlarini tan oladi, va har doim O'g'ilga va Otaga ulug'likni beradi. U Xudoning inoyatini ko'kka ko'taradi. Biz gunohkorlar kechirilishimiz uchun ishonchimiz bizlarni hatti-harakatlarimizda mag'rurlikdan ozod qiladi. Biz kimligimizni va Xudo kimligini bilamiz. Sevgi do'stga haqiqatni aytadi; mag'rur kishi bizlarni kamtar qiladigan Xudoning Ruhidan ajratib o'zini va boshqalarni aldaydi. YUHANNO 5:45-47 Masih qonunchilarning mag'rurliklari kamayishda uzoqroqqa ketdi, va shunday dedi, ''Men Xudoning oldida ayblovchi emasman, Musoning o'zi ayblaydi. U sizni hukm qiladigan Ahd Qonunini berdi. Sizlar sevgini qoldirib, Qonunning nomidan Meni o'ldirishni istadingiz. Xudodan ajralib zulmatda daydib yuribsizlar. Men Dam olish Kunida kasal odamni shifoladim, va sizlar Xudoning ishidan mamnun bo'lmadingizlar; balki sizlar Mendan nafratlanasizlar, Men Xudoning sevgisini mujassamlanishidirman. Sizlar bu Masihning ishlar ekanligiga ishonishdan voz kechasizlar: Sizning ruhingiz g'alayonchi va dag'aldir. Xudo sizlarga Qonunni o'lim uchun emas hayot uchun berdi. Agar sizlar tavba qilishingiz kerak bo'lganda, sizlar Najotkorni xohlagan bo'lardingizlar. Qonun va Payg'ambarlar kelayotgan Zodga oddiy kirish edi. Sizlar Qonunning maqsadini egdingizlar va Xudoning buyrug'larini hukm qilishni xohlashingizga ruhsat berdingizlar. Sizlar karomatni tushuna olmaysizlar. Sizning yomon ruhingiz haqiqatni tushinib yetishingizga halaqit beradi. Sizlar Xudoning Ruhiga qarshi bo'lib nodonligingizcha va garangligingizcha qolasizlar. Qaysarligingiz tufayli Hayot Kalomiga ishonmaysizlar. SAVOL:
2-SAVOL-JAVOBAziz kitobhon 19 ta savoldan 17 tasiga to'g'ri javob jo'nating. Biz sizga bu o'qish kitobini chop etilgan birini jo'natamiz.
Ismingizni yozishni va savol javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unitmang, faqat konvertda emas. Quydagi manzilga jo'nating: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |