Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI
5. Uchinchi Voy (Matto 23:15)MATTO 23:15 Iso davrida, ko'plab Yahudiylar butun dunyo bo'ylab bir Xudo haqida yagona dinlarini tarqatish uchun qattiq ishlashgan. Xuddi shu vaqtda, ba'zi odamlar Yunon afsonalaridan va ularning janjallashayotgan xudolaridan to'yib ketganlar. Ular Rabbiy Bitta deb bilishdan rohatlanganlar va O'nta Amr bilan va Xudoning yaxshi tuzilgan qonunidan zavqlanganlar. Lekin bu ilk o'zgarishlar sunnat orqali ko'rsatilgan va suvga sho'ng'ish rivojlangan. Maqsad qonun va huquqshunost qoidalarga, va ma'qul va noma'qul narsalarga qo'yilgan. Mashxurlar urf-odatlariga qaytishdi va munofiq Farziylardan ko'ra tosh bag'irroq bo'lishdi. Qonunchilikning bu ruhi najodga emas, balki qotib qolishga boshlaydi. Bu Iso munofiq va ulamolarga do'zaxning ochiq og'zi haqida gapirishga to'g'ri kelganidir. Turli hil imonlar xudojo'ylikka va Xudodan qo'rqishlikka o'zlarining xalqlarini o'rnatib, Xudo qonuning burchlari bilan yagona Xudoning fikrini qabul qilgan. Ular odamlarga ular qonunga gunoh qilmasliklari uchun qattiq va qo'rqinchli jazolar bilan do'q po'pisa qilganlar. Biroq, ular Xudoning yuvosh Qo'zisini tushunmaganlar. Ular Xudo bilan yarashishni rad etib, Uning So'zining ma'nolarini o'zgartirganlar. Ular xochdagi yangilangan asos haqida o'rganishmagan va dushmanlarini sevishni qidirishmagan, va yuraklarida hech qanday ruhiy tinchlik bo'lmagan. Ayniqsa, ular Uch Birlikning birligiga qarshi turganlar. Masih ular uchun o'ldi va ularni Xudo bilan yarashtirishni izladi, lekin ularga taqdim etilgan najodni rad etdilar (hali ham rad etyapdilar). O'zlari pisand qilmagan yo'lni boshqalarga ko'rsatishga harakat qiladigan ko'r boshqaruvchilarning boshqaruvi ostida ko'pchilk borligi haqida o'ylash achinarlidir. “Uning qorovvullari ko'rdirlar” (Ishayo 56:10). Odamlar tez-tez bu yo'lni sevadilar va payg'ambarlar ko'rmaganlarni afzal ko'radilar! Lekin xalqning yo'lboshchilari “ularni adashtirganda” bu yomondir (Ishayo 9:16). Hatto yo'l boshlovchilari ko'r bo'lganlarning holati achinarlidir, ko'r bo'lgan boshlovchilarning o'zlari yomonroqdir. Masih javob berish uchun ko'plab qalblarning qoni bo'lgan ko'r boshqaruvchilarning holiga voy deb aytadi. IBODAT: Muqaddas Ota, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizni Ruhdagi bolalaring kabi tug'ding. Sendan minnatdormiz chunki Sen bizga tozalikka, sevgiga va Masihning o'limi uchun, ulug'vor tirilishi va yaqinda kelishi uchun hursandchilikka o'tishga ruhsat berding. Do'zaxning o'g'illari Seni ko'rib qabul qilishlari uchun va inoyat orqali Xudoning bolalariga o'zgarishlari uchun tinchligingning va sevgingning xushxabarini har bir joyda taqdim etishimizga yordam ber. SAVOL:
|