Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)
i) Iso Aqidaparastlikka va Sayoz Fikrlashga qarshi harakat qiladi (Matto 16:1-12)MATTO 16:5-12 Iso to'rtming kishini to'ydirgan joydan ko'lning boshqa tomoniga jo'nab u yerni tark etdi. Shogirdlar bu safar moboynida o'zlari bilan olish uchun ovqat sotib ololmadilar. Masih fikrlarni zaxarlaydigan Farziylar va Sadduqiylarning xamirturushi haqida ular bilan gaplashganda, ular Iso nonning xamirturishi haqida gapirdi deb o'ylashdi. Ular bu dunyoning narsalariga fikrlarini qaratishgan edi lekin Iso osmonning narsalariga fikrini qaratgan edi, chunki Iso Otasining qo'llariga hamma tashvishlarini qo'ygan edi. Iso shogirdlariga ruhiy narsalardan ko'ra ko'proq non haqida o'ylaganliklari uchun ularga tanbeh berdi. Iso beshta non bilan besh ming kishini to'ydirganligini va yettita non bilan to'rt ming kishini to'ydirganligini ko'rsatdi. Ular nima uchun Masih ular bilan birgaligida non haqida qayg'urishgan? Iso yana Farziylarning qonunchiligi va Sadduqiylarning erkinligi qurbonlikning xizmatiga Muqaddas Ruh orqali insonni boshqaradigan sevgi, Yangi Ahddagi Xudoning sevgisi bilan muvofiqlikda emasligini ochib berdi. Iso ikkiyuzlamachilikka va faqat xudojo'ylikning shaklini olishga qarshi turish uchun izdoshlariga majburiyatni qo'ydi. U shogirdlari gunohlarini tan olib, Xudoning inoyati orqali Xudoga xizmat qilish uchun ularga turtki berdi. Qonunni bajarish bilan o'zbilarmon solihlikka asoslangan Xudoning sajdasi va Isoning to'lovi va Muqaddas Ruhning yashashiga asoslangan Masihning ozodligining o'rtasidagi kelishmovchilik chuqur ildiz otdi. Bu Havoriylar kitobi bo'ylab zo'ravon kurash kabi nomoyon bo'ladi. Bu kitobda havoriy Pavlus qonun orqali solihlikni izlashdan bizning onglarimizni ozod qilish uchun taniqli kurashuvchi bo'lgan. Pavlus yuraklarimizda Muqaddas Ruh yashashini tasdiqlagan va Masih xochda solihlikning barcha talablarini bajarishi orqali imkon yaratganligini tasdiqlagan. Inson o'zining hatti-harakati orqali oqlanishning hatoligini ba'zi imonlilar hatto hozir ham bilmaganlari qanday achinarli. Bu Yahudiylar Eski Ahdning markazidan fikr qilgan kuchdir, holbuki imon orqali bo'lgan solihlik Yangi Ahdning dunyo bo'ylab xabarining asosidir. IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Seni ulug'laymiz va quvonamiz, chunki Sen bizni o'zimizning xudojo'yligimizga bo'lgan bog'liqlikdan ozod qilding. Bizlar faqat gunohkorlarmiz. Biroq Sen oqlab poklading, va biz ikkiyuzlamachilik ruhisiz hursandchilik bilan Senga hizmat qilishimiz uchun bizni inoyatingda saqlaysan. Bizlar oqlangan gunohkorlarmiz, va pok inoyat bilan qutqarish orqali bizlarni O'zingning muqaddas bolalaring qilding. SAVOL:
|