Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)
2. Isoing tug'ilishi (Matto 1:18-25)MATTO 1:18 Maryam yoshligidan pok bokira bo'lgan va yuragida Xudoning so'zini saqlagan. Uning hamdu-sanosi Eski Ahd va payg'ambarlarning boy bilimini ko'rsatadi. Muqaddas Ruh uni ulug'vorlik, donolik va Xudoning ajoyib ishlari haqida go'zal bir shahodat bilan ruhlantirgan. Maryam ko'p qizlarga o'xshab yuragining orzu-armonlarini to'ldirish uchun turmush qurishni kutgan, shunda u durodgorga bo'lgan nikohi bilan qoniqdi. Nikoh qonuniy unashtiruv kabi, Eski Ahdning xalqi orasida hisoblangan, shunda Yusuf “uning eri” deyilgan (o. 19) va Maryam “uning xotini” deyilgan (o. 20) Masih bokiradan tug'ilgan, lekin nikohlangan bokiradan tug'ilgan:
To'satdan, u Jabroil farishtadan Xudoning O'zi Muqaddas Ruhdan o'g'il ko'rishi uchun tanlagani haqidagi xabarni oldi. Bu yangilik juda bu pok bokira qizni hayron qoldirdi. Homilador bo'lish tana harakati emas edi, chunki Muqaddas Ruh O'zi muqaddasdir. Xudo Maryamni Uning ayoli bo'lish uchun olgan va undan bola bo'lgan degan har bir da'vo kechirilmaydigan shakkoklikdir. Zamonaviy biologika tanaviy otasiz bokira qizdan bola tug'ilishi mumkin degan fikrga qarshi emas degan hech qanday shubha yo'q. Bu Insoniy Ko'chirishdek tanilgan. Lekin Muqaddas Ruhdan qayta tug'iladigan har bir kishi bu sirni bilib, muborak bo'lgan Bokira Maryamning yo'li orqali Isoning kelishi haqidagi haqiqatni qabul qiladi. Maryam Xudoni Uning ulug'vor rejasi uchun ulug'ladi. Lekin shu bilan birga bu holat uni ozgina gangiratib qo'ydi. U zo'rg'a uning hikoyasini qabul qilishini Yusufdan kutdi, shunda Maryam sukut saqlab, uning guvohi bo'lish uchun Xudoga ishondi. U azob tortib, unga fohishadek muomala qilishlarini va Muso Qonuniga ko'ra o'limga tosh bo'ron qilinishi mumkinligini bilib ibodat qildi. Lekin Maryam Xudoga Najodkordek ishonib, Unga inondi va imoni orqali u mumkin bo'lmagan narsani ilojini qildi: Xudoning O'g'li uning tanasi orqali mujassamlandi. Uning buyuk imoni tufayli, u yer-yuzidagi barcha asrlar orqali ulug'lanadi. Maryamning imoni Isoning nasl-nasabidagi imon qahramonlarining zanjirining oxirgi rishtasi bo'lishga uni tayyorladi. Biz undan o'rganishimiz mumkin. IBODAT: Barhayot Xudo men Senga sajda qilaman, chunki Sen Muqaddas Ruhing orqali Bokira Maryamga kelib, u orqali O'g'ling Isoni tug'ding. Men bu mo'jizani mantiqan tushunolmayman, lekin men Senga hamdu-sano va min-natdorchilik bilan sajda qilaman chunki Sen kimligingni, va O'g'ling va Mu-qaddas Ruh kimligini va buyuk ishing nimaligini tushunish uchun menga ruhsat berish uchun ruhan meni tug'asan. Omin. SAVOL 16: Muqaddas Ruhdan bo'lgan bola bilan topilgan Maryamning ma'nosi nima? |